Biz shu kunlarda Qatarning poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tayotgan Dizayn biyennalesida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda “Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads” ko‘rgazma loyihasini taqdim etmoqdamiz.
Ushbu tadbirda ham mahalliy, ham mintaqaviy, ham global miqyosda dizayn sohasiga oid ilg‘or tajribalar almashinuvi bo‘lib o‘tadi. Undagi ishtirokimizdan mamnunman.
“Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads” ko‘rgazmasida O‘zbekistonning boy hunarmandchilik an’analari bilan zamonaviy ijod uyg‘unligini namoyish etmoqdamiz. Ko‘p asrlik tarixga ega hunarmandchiligimizning bebaho merosi bizni an’ana va madaniyatimizni asrab-avaylashga undaydi.