“Obod va xavfsiz mahalla”

“Obod va xavfsiz mahalla”

03.04.2023 09:00:02 132 Баспаға шығарыў

Chimboy tumanida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, IIB xodimlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahallalardagi 5 talik, ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni tuman hokimi A.Tajetdinov, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasidan podpolkovnik t.Kuchkarov boshqarib borib, O‘zbekiston Respublikasi IIV, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining 2023 yil 30 mart kungi Qo‘shma qarori tasdiqlanganligini va ushbu Qo‘shma qaror talablari yig‘ilish qatnashchilariga yetkazdi. Tumanimiz hududida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Foydali resurslar
Skip to content