Bir necha yillardan buyon xotin-qizlar bilan ishlash sohasida fidoiy mehnat qilib tumandagi xotin-qizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ularning qonuniy manfaatlarni himoya qilish, ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o’qitish, tadbirkorlikka keng jalb qilish, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, ijtimoiy muhitni soǵlomlashtirish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, shuningdek davlatimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni bajarishda hamda tashkillashtirilgan barcha jamoatlik ishlarda faollik ko’rsatib kelayotgan, joriy yilning 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayramida Hurmatli Prezidentimiz tomonidan «Doslıq» ordeni bilan taqdirlangan Chimboy tumani hokimining o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi boshliǵi Mambetniyazova Gulzar Sherniyazovna bugun 54 yoshda.
Ushbu munosabat bilan tuman hokimi A.Tajetdinov va bir qator tuman faollari Gulzar Sherniyazovnaga o’zlarining eng samimiy tilaklarini bildirib kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Mambetniyazova Gulzar Sherniyazovnaga mustahkam soǵlik, uzoq umr, oilasiga omonlik, mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!