Chimboy tumanida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi

Chimboy tumanida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi

11.03.2025 10:17:39 96 Баспаға шығарыў

Unda tumanimizning nuroniy onalari, jamiyat hayotida faollik ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlar, muassasa, korxona va tashkilot vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Chimboy tumani hokimi A.Tajetdinov va sektor rahbarlari ishtirok etib, barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi.

Har bir sohada o‘zining ma’lum darajadagi o‘rni bor bizning tumanimizning faol ayol-qizlari har doimgidek bayram munosabati bilan bugun ham izzatda.

Tantanali kechada davlat va jamiyat hayotidagi faolligi, o‘zlarining samarali mehnati bilan ajralib kelayotgan bir guruh xotin-qizlarimiz “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir respublikamizdan tashrif buyurgan san’at ustalarining konsert dasturi bilan davom etdi.

Foydali resurslar