Hokim va yoshlar uchrashuvidagi yoshlarning taklifi ijobiy yechim topdi.
Shu yilning 11-aprel kuni yoshlarning bilim olishiga imkoniyat yaratish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, fikr va takliflaridan kelib chiqib ularga amaliy yordamlar berish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Chimboy fakulteti talabalari bilan Chimboy tumani hokimi A.Tajetdinovning uchrashuvi o‘tkazilgan edi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan zamonaviy joyga sayohatga borish taklifi bildirilgan edi. Ushbu taklifni ijobiy hal etish maqsadida Chimboy tumani hokimi A.Tajetdinovning tashabbusi bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Chimboy fakulteti talabalari o‘rtasida Taxtako‘pir tumani “Davqara” QFY hududida yoshlagan “Qarateren” turistik jamoasiga sayohat tashkil etildi.