Mahallalarda oila va xotin-qizlar yo’nalishidagi ishlar tashkillashtirilmoqda

Mahallalarda oila va xotin-qizlar yo’nalishidagi ishlar tashkillashtirilmoqda

10.04.2025 10:50:02 166 Баспаға шығарыў

O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi boshliǵi Ǵ.Umarov, Respublika “Oqila ayollar” harakati a’zosi Professor F.Muxitdinova, Qoraqalpoǵiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.Axmedova boshchiliklarida bugun tumanning “Tazǵara” ovul fuqarolar yiǵinida oila va xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha master-klasslar tashkil etish bo’yicha mas’ul davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida tashkiliy o’tkazildi.
Master-klasslarni tashkil etishdan maqsad-fuqarolar yiǵinida har bir oila
va xotin-qiz bilan individual tartibda ishlab, ularning barcha sohalarda faolligini oshirish, ta’lim olishga va kasb-hunar o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini ro’yobga chiqarish, bandligiga ko’maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini
qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida va xotin-qizlar o’rtasida huquqbuzarliklar hamda ǵayriijtimoiy hodisalarni barvaqt oldini olish, oilalarda soǵlom turmush tarzini shakllantirish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilashdan iborat.
Jumladan, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambaǵal oilalar reestriga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar va ularni kambaǵallikdan chiqarish;
Ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarni “Ayollar daftari” tizimi orqali manzilli va maqsadli qo’llab-quvvatlash;
Muayyan kasb-hunarga ega bo’lmagan xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yo’qori bo’lgan kasblarga o’qitish;
Ishlash istagida bo’lgan xotin-qizlarni aniqlash va ularni mavjud bo’sh ish o’rinlariga va investiciya dasturlari doirasida yangidan yaratiladigan ish o’rinlariga ishga joylashtirish;
Nizoli, notinch va ajrim yoqasidagi oilalarning muammolarini o’rganish va ularni hal etish choralarini ko’rish;
Ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida va probaciya nazoratida turgan xotin-qizlarning ijtimoiylashuvini ta’minlash;
Tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlanayotgan xotin-qizlarning muammolarini organish va ularni hal etish;
Jinoyatga qo’l urgan xotin-qizlarning turmush tarzi va oilaviy sharoitlarini o’rganish, jinoyat sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish;
Migraciyadan qaytgan xotin-qizlarning bandiligiga ko’maklashish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va migraciyada yurgan kam daromadli va oǵir vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni aniqlash va ularni vatanga qaytarish ishlarini tashkil эtish;
“E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimida xulosa tuzilgan oilalar va
xotin-qizlarning ijtimoiy profilaktika ob’ektlarini o’rganish va mavjud muammolarni hal etish;
O’zini-o’zi band qilgan xotin-qizlarning kichik tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish;
Lider tadbirkor ayollarni aniqlash, ularga tadbirkorlik ko’nikmalarini o’rganish istagida bo’lgan xotin-qizlarni biriktirish;
Ishsiz xotin-qizlarni hunarmandchilikka jalb etish, “Ustoz-shogird” tamoyili asosida ishsiz xotin-qizlarni uchta hunarmandlarga biriktirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Foydali resurslar