Hurmatli Prezidentimizning IT sohasiga bo‘lgan e’tibori natijasida hududda ko‘plab yangilik va o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Buning yaqqol dalili sifatida Kenes mahallasida yangidan qad rostlayotgan “IT shaharcha” misolida ko‘rsak bo‘ladi.
Shu jumladan, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Karimjonov Rustam Olimjonovich bugun Kenes mahallasida qurilayotgan “IT shaharcha” bilan tanishdi.
Shuningdek, R.Karimjonov kun davomida Yoshlar markazida mehmon bo‘lib, markazda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Shu yerda Chimboy tumani yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i bilan kelgusida qilinadigan chora-tadbirlar haqida kelishib olindi.