Шымбай районың санаат өндирисинде киши бизнестиң үлеси

Шымбай районың санаат өндирисинде киши бизнестиң үлеси

26.05.2022 17:38:45 177 Баспаға шығарыў

Sanoat ishlab chiqarishda kichik biznesning ulishi

 

Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlariga ham, iste’molchi talabi o‘zgarishlariga ham tez moslashishga qodir bo‘lib, iste’mol bozoridagi muvozanatni ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi. Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda 258,8 mlrd.so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 116,1  mlrd.so‘m yoki umumiy hajmning 44,8 % ni kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

 

Yanvar-dekabr oylarida Chimboy tumanida sanoat mahsuloti
ishlab chiqarishning tarkibi
(mlrd. so‘mda)

 Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sanoat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib Qoraqalpog‘iston Respublikasi va tumanlarda ishlab chiqarilgan  sanoat mahsuloti hajmini tumanlararo hamda  tumanlarni  shahar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash orqali tahlil qilish, sanoat mahsulotini  aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori dinamikasini kuzatib borish, hududlardagi ustuvor vazifalarni va o‘sish nuqtalarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Chimboy tumanida sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi 258,8 mlrd.so‘mni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasining jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishida 1,6 % tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 2277,2  ming.so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,6 % ga yetkazilganligini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, tumanda iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi 146,9 mlrd.so‘mni tashkil qilib, Qoraqalpog‘iston  Respublikasining jami  iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishida 4,9 % tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari aholi jon boshiga 1292,6 ming. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati
104,0 % ga yetkazilganligini kuzatishimiz mumkin.

 

 

Пайдалы ресурслар
Skip to content