Joriy yilning 10-noyabr’ kuni Chimboy tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan va bir qator vazirlik va idoralar hamkorlikda Chimboy tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasini Muvofiqlashtirish kengashi ishchi guruhining Chimboy tumanida Etnoturizm yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining Madaniyat ishlari bo‘yicha maslahatchisi Gul’baxar Izentaeva, shuningdek, mahalliy hunarmandlar va boshqa bir qator sohaga oid vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda “Modern plyus” QK loyihalashtirish tashkilot vakili, arxitektor Berdan Dauletbaev tomonidan Chimboy tumaniga kirish qismida turistik selfi ob’ekt, tumandagi Etnokompleks va Milliy qora uylar ustaxonasining barpo etilishi bo‘yicha taqdimotlari o‘tkazildi. Shundan so‘ng xalqaro ekspert, “MASCONTOUR” xalqaro tashkilotining vakili Xendrik Vintxem tomonidan o‘zining tavsiyalari bo‘yicha taqdimoti o‘tkazildi. Uchrashuv so‘nggida turizm va unga yondosh sohalar va xalqaro ekspertlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar bo‘yicha muhokamalar olib borildi.